Londonning “Chelsi” klubi Joau Feliks transferini rasman e’lon qildi.
“Men “Chelsi”ga qaytganimdan juda xursandman va mashg’ulotlar boshlanishini kuta olmayman. Men oxirgi marta bu yerda bo’lgan tanishlarimni ko’raman, bu har doim juda yoqimli.
Bu yerda o’tkazgan vaqtim menga juda yoqqan va oilamga hamda do’stlarimga bir kun kelib Premyer ligaga qaytishni xohlashimni aytganman.
“Chelsi”ga qaytish ajoyib tuyg’u va bundan xursandman”, – deya Feliksning so’zlarini keltiradi “Chelsi” klubi rasmiy sayti.
Eslatib o’tamiz, Joau Feliks 2022/2023-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini aynan londonliklar safida ijarada o’tkazgan. U jami 20 ta o’yin o’tkazib, 4 ta golga mualliflik qilgan.