Madridning “Real” klubi sobiq darvozaboni Keylor Navas Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o’ynaganini xotirlab o’tdi.
“Krishtianu haqida yomon gap gapira olmayman. “Real”ga o’tganimning birinchi kunidayoq u menga jamoaning bir qismi sifatida munosabatda bo’ldi. Men uning hayotidagi ko’plab voqealarga guvoh bo’ldim.
Hayotda tasodiflar bo’lmaydi. Ronalduning barcha yutuqlari dunyodagi eng yaxshilaridir, “Oltin To’p” shunchaki yutuqli lotereya chiptalari emas”, – deydi Keylor Navas.
Eslatib o’tamiz, kosta-rikalik kiper “Real” safida ketma-ket Chempionlar ligasida g’olib chiqqan. O’sha paytda jamoa yetakchisi aynan Krishtianu Ronaldu edi.