“Manchester Yunayted” “Arsenal”ni tark etgan 16 yoshli hujumchi Chido Obi-Martin bilan shartnoma imzolamoqchi.
Sky Sports xabariga ko’ra, klub forvard bilan transfer bo’yicha kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda Chido yangi jamoasida tibbiy ko’rikdan o’tishi rejalashtirilgan.
Takidlanishicha, Obi-Martin Germaniyadan kelgan takliflarga rad javobini bergan va “Manchester Yunayted” variantini tanlagan.
Ma’lumot uchun, hujumchi 14 yoshidan boshlab “Arsenal” yoshlar jamoasida o’ynab kelgan. O’tgan mavsumda forvard klubning 18 yoshgacha bo’lgan jamoasida 20 ta o’yin o’tkazib, 32 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.