Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem 2003-yilda “Manchester Yunayted”ni tark etib, “Real”ga o’tganidan afsusda ekanligini aytdi.
“Faoliyatimni oxirigacha “Manchester Yunayted”da qolishni va hech qachon ketmaslikni istardim. Faoliyatimdagi eng katta xato “Real Madrid”ga o’tganim edi”, – deydi Bekxem.
Eslatib o’tamiz, Bekxam professional futbolchilik faoliyati davomida MYU, “Preston”, “Real”, “Los-Anjelos Gelaksi”, “Milan” va PSJ klublarida o’ynagan. U hozirda MLS’ning “Inter Mayami” klubi prezidenti hisoblanadi.