Og’ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamyurti Terens Krouford va Isroil Madrimov o’rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
“Madrimov jiddiy qarshilik ko’rsatdi. U noqulay va kuchli edi.
Madrimov ringda bemalol aylanib yurardi. Krouford uni o’ziga chorlashi kerak edi. U bunday harakatlarga o’rganmagandi. Raqib juda noqulay edi”, – deydi Mayk Tayson.
Eslatib o’tamiz, Isroil Madrimov va Terens Krouford o’rtasidagi jang to’liq 12 raund davom etgan va ochkolar hisobiga Terens g’alaba qozongandi.