Londonning “Chelsi” klubi “Boka Xuniors” himoyachisi Aaron Anselmino transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko’ra, 19 yoshli futbolchi klub bilan 7 yillik shartnomaga imzo chekkan. Transfer narxi esa 23 million yevroni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, himoyachi 2024/2025-yilgi mavsumni “Boka Xuniors”da ijarada o’tkazadi.
“Chelsi”ga xush kelibsiz va ijara muddati davomida sizga omad tilaymiz, Aaron!”, – deyiladi klub bayonotida.