Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts 120 million yevroga “Manchester Siti”ga o’tishni istayapti. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, germaniyalik yarim himoyachi “shaharliklar” bilan shartnomasi yakuniga yetadigan Kevin De Bruynening o’rnini egallamoqchi.
Qayd etilishicha, Virts ingliz klubiga o’tishni ma’qul ko’radi, chunki uni qo’lga kiritish uchun asosiy favoritlardan hisoblangan “Real” va “Bavariya”ning asosiy tarkibida unga joy yo’q.
Ma’lumot uchun, Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.