Londonning “Chelsi” klubi joriy transferlar oynasining so’nggiga qadar bir qator o’yinchilarni sotishga qaror qilgan.
Mirror nashrining xabariga ko’ra, jamoani Konor Gallaher, Romelu Lukaku, Rahim Sterling, Kepa Arizabalaga, Jorje Petrovich, Armando Broya, Trevo Chaloba va Karni Chukvumeka tark etishi ko’zda tutilgan.
Manbaga ko’ra, Konor Gallaher ketish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. U yaqin vaqtlar ichida “Atletiko” futbolchisi sifatida rasman e’lon qilinadi.
Qayd etilishicha, “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida 100 million yevrodan ko’proq daromad qilgan. Biroq klub yangi futbolchilar sotib olish uchun taxminan 190 million yevro sarf qilgan.