UFC 305 natijalariga ko’ra bonus olgan jangchilar nomi ma’lum bo’ldi.
Unga ko’ra, eng yaxshi ishtirok uchun Kay Kara-Frans va Karlo Prates 50 ming dollardan oldi.
Turnirning eng yaxshi jangi esa Den Xuker va Mateush Gamrot o’rtasidagi bahs deb topildi. Har ikki jangchi ham qo’shimcha 50 ming dollardan bonusga ega chiqdi.
Eslatib o’tamiz, turnirning asosiy janggi Israel Adesanya va Drikus dyu Plessi o’rtasida o’rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo’lib o’tdi. Unda dyu Plessi Adesanyani sabmishen orqali mag’lub etib, chempionlik unvonini himoya qildi.