“Manchester Siti” Rodrini jamoada saqlab qolish uchun uning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” ispaniyalik yarim himoyachiga haftasiga 440 ming yevro to’lashga tayyor. Shu tariqa, Rodri Premyer liganing eng ko’p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Madridning “Real” klubi Rodriga qiziqa boshlagani klubni shu yo’lni tutishga majbur qilgan.
Ma’lumot uchun, Rodri Yevro-2024ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroni tashkil qiladi.