Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning “Real”ga yetarlicha qarshilik ko’rsatishga tayyorligi haqida gapirdi.
“Men bu savolga allaqachon javob berganman. Jamoamizning salohiyati yuqori. Futbolda hamma narsa g’alaba yoki mag’lubiyatga qarab belgilanadi. Shu bois har bir o’yinga tayyorgarlik ko’ramiz.
Bizdagi o’yinchilarning harakati meni xursand qildi. Men klubga ishonaman va jamoa ko’rsatayotgan o’yindan mamnunman.
Jarohatlangan futbolchilar qaytsa, biz juda kuchli jamoa bo’lishimizga ishonchim komil”, – deydi Xansi Flik.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” o’zining La Ligadagi dastlabki o’yinini “Valensiya”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu o’yin 18-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30da start oladi.