“Manchester Yunayted” himoyachisi Viktor Lindelof faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Janluka Di Marsioning xabariga ko’ra, mankunianliklarning 30 yoshli futbolchisiga “Fiorentina” qiziqish bildirmoqda. Ayni damda italyan klubi ushbu transfer ularga qanchaga tushishi va futbolchining maoshi haqida bosh qotirmoqda.
Ma’lumot uchun, Lindelof 2017-yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to’p surmoqda. U o’tgan mavsum APLda 19 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.