Rimning “Roma” klubi yozgi transferlar vaqtida hujumchi xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RomaPress nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “bo’rilar” “Lechche” forvardi Nikola Krstovichga qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli hujumchining transfer narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Krstovich o’tgan mavsum A Seriyada 37 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.