Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “armiyachilar”ning RPL joriy mavsumida chempionlik uchun kurashish imkoniyati haqida gapirdi.
“Agar yig’indan so’ng yaxshi o’yin ko’rsatsak, kuchli uchlikdan joy olamiz. Biz chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz.
Ikki yil oldin SSKA syurpriz qilib, ikkinchi o’rinni egalladi. Adashmasam, qishda ular beshinchi yoki oltinchi o’rinda edi. Biz buni yana qila olamiz”, – deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, SSKA Rossiya Premyer-ligasining joriy mavsumida 31 ochko jamg’arib, oltinchi o’rinda bormoqda.