Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi debyutini ko’rganmi yoki yo’q, shu haqidagi savolga javob berdi.
“Albatta, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi debyutini kuzatdim. Biz doim xabarlashib turamiz. Uning “Manchester Siti”ga o’tishi yuqori darajadagi transfer bo’ldi”, – deydi Fayzullayev.
Eslatib o’tamiz, Husanov qishki transferlar vaqtida “Lans”dan “shaharliklar” safiga borib qo’shildi. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.