Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” Italiya A Seriyasining 2024/2025-yilgi mavsumi uchun yangi uy libosini namoyish qildi.

“Nike” brendi ostidagi yangi futbolkaning o’rtasiga jamoa logotipi tushirilgan va klubning 20-chempionligi sharafiga birinchi marta uning tepasiga ikkinchi yulduz joylashtirilgan.
“Yangi futbolka klubning g’ururli o’tmishiga ehtirom ko’rsatadi, lekin birinchi navbatda jamoaning kelajakdagi ambitsiyalarini ifodalaydi” – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Inter” A Seriyaning o’tgan mavsumida 38 ta turda 94 ochko jamg’arib, o’zining 20-chempionligini tantana qilgandi.