Madridning “Real” klubi “Al Nasr” himoyachisi Aymerik Lyaportga qiziqish bildirmoqda.
Lyaportning o’zi ham Madrid klubiga o’tishni xohlamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham ushbu transferga qarshi emas.
Al Yaum xabariga ko’ra, himoyachi agentidan “Al Nasr”ni tark etishini klub rahbariyatiga aytishini so’ragan.
Biroq, “Real” ushbu transferga pul sarflamoqchi emas. Agar Lyaport hozirgi jamoasini tark etishga qaror qilsa, shartnomani bekor qilish bo’yicha muzokara olib borishiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, Aymerik Saudiya klubida yiliga 24 million yevro maosh oladi. U “Real”ga o’tish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo’lmoqda.