UFC shon-shuhrat zali a’zosi, yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Federal Soliq Xizmati oldidagi 302 million rubl miqdorida qarzlarini to’ladi.
Eslatib o’tamiz, 2024-yil 1-iyulida Federal Soliq Xizmati Nurmagomedovning 297 million rubl miqdoridagi mablag’ini qarzdorligi sabab muzlatib qo’ygandi, shuningdek, bir qancha kompaniyalari yopib qo’yilgandi.
Ma’lumot uchun, Xabib Nurmagomedov 2018-yilning aprel oyida yengil vazn toifasida chempionga aylangan. Uning so’nggi janggi 2020-yil oktyabr oyida UFC 254 turniri doirasida Jastin Getjiga qarshi o’tkazilgan. Ushbu jangdan so’ng Xabib MMAdagi faoliyatini yakunlagan.