Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Perez jamoaning UEFA Superkubogidagi g’alabasidan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
“Ikkinchi bo’limda jamoa shunday shiddat va kuch bilan chiqqanida g’alaba qozonish normal holat. Biz ikkita gol urdik, ammo yana ko’proq gol urishimiz ham mumkin edi.
Biz xuddi o’tgan mavsumda bo’lgani kabi ko’p mehnat qilishimiz kerak. Shundagina natijaga erishamiz.
Bizda ajoyib jamoa bor va buni butun dunyo ko’rdi”, – dedi Perez.
Eslatib o’tamiz, “Real” UEFA Superkubogi uchun bahsda “Atalanta”ni 2:0 hisobida mag’lub etdi va bosh sovrinni qo’lga kiritdi.