O’tgan hafta “Leypsig”dan “Barselona” safiga kelib qo’shilgan Dani Olmo yangi jamoasida qachon debyut qilishi ma’lum bo’ldi.
Hozirda “Barselona” Olmoni La Liga ro’yxatidan o’tkaza olmayapti. Shu sababli futbolchi Ispaniya chempionati doirasida “Valensiya”ga qarshi 1-tur uchrashuvini o’tkazib yuboradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Olmo La Liganing 2-turidan o’rin olgan “Atletik Bilbao”ga qarshi bahsda “Barselona” safida debyut qilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Dani Olmo kataloniyaliklar bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekkan. Ushbu transfer “ko’k-anorranglilar”ga 55+7 million yevroga tushgan.