So’nggi haftalarda “Liverpul” va markaziy himoyachi Virjil van Deyk o’rtasida shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar avj oldi. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar van Deyk bilan bitimni uzaytirganini e’lon qilishi uchun vaqt kerak. Bu 27-dekabr kuni, ya’ni “Liverpul” gollandiyalik futbolchini 2017-yilda “Sautgempton”dan sotib olganini rasman e’lon qilgani kuni bo’lib o’tishi mumkin.
Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o’yin o’tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.