UFC prezidenti Dana Uayt o’rta vazn toifasida chempionlik uchun navbatdagi davogar nomini ma’lum qildi.
“Shon Striklend hozir dunyoning eng yaxshi o’rta vazn toifasidagilar reytingida birinchi o’rinni egallab turibdi. U ushbu dvizionda chempionlik uchun navbatdagi davogar bo’ladi”, – deydi Dana Uayt.
Eslatib o’tamiz, 18-avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida UFC 305 turniri tashkil etiladi. Asosiy jang Israel Adesanya va Drikus dyu Plessi o’rtasida o’rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun bo’lib o’tadi.