Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Gavi faoliyatini Madridning “Atletiko”sida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, “matraschilar” ispaniyalik futbolchini o’z safiga qo’shib olishga tayyor. Madridliklar bu ijrochi uchun 60 million yevro badal puli to’lamoqchi.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Diyego Simeone Gavi u qo’llayotgan o’yin uslubiga har tomonlama mosligi, bu futbolchining yangi qirralarini ochishga ishonayotganini ma’lum qilgan.