“Milan”, “Inter” va boshqa ko’plab Yevropa klublari sobiq hujumchisi Mario Balotelli A Seriyaga qaytish istagini bildirdi.
Shuningdek, unga xorij klublaridan ham takliflar borligini ta’kidladi.
“Mashg’ulot o’tkazyapman, yaxshi ishlayapman. Men kelajagim borasida xotirjamman. Faqat shuni aytmoqchimanki, menga xorijdan takliflar bo’lmoqda.
Lekin men Italiyaga qaytishni xohlayman. Men buni kutyapman va shunday imkoniyat paydo bo’lishiga umid qilaman. Men tayyorman”, – deydi Balotelli.
Eslatib o’tamiz, Balotellining so’nggi klubi Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi bo’lgan. Italiyalik hujumchi hozirda erkin agent hisoblanadi.
Futbolchi o’tgan mavsum Turkiya Superligasida 16 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.