“Manchester Yunayted” “Barselona” sobiq himoyachisi Markos Alonsoga qiziqish bildirmoqda.
The Athletic nashrining xabariga ko’ra, Alonso jarohati sabab mavsumning boshini o’tkazib yuboradigan Lyuk Shouning o’rniga olib kelishinishi rejalashtirilgan. Hozirda mankunianliklar ushbu transferni muhokama qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, 33 yoshli chap qanot himoyachisi o’tgan mavsum oxirida “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etgandi.