Londonning “Arsenal” klubi o’z safiga “Bolonya” himoyachisi Rikkardo Kalafiorini qo’shib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Kalafiori “kononirlar” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Futbolchi har bir mavsum uchun 4 million yevro ishlab oladi. “Arsenal” futbolchi uchun 50 million yevro to’laydigan bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Kalafiori “Bolonya”ga 2023-yil avgust oyida “Bazel”dan ko’chib o’tgandi. Uning “Bolonya” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo’ljallangan.