“Manchester Yunayted” Matteys de Ligt transferini rasman e’lon qildi.

Tomonlar 2029-yilgacha mo’ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, bitimni bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Transfer narxi 45+5 million yevroni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, de Ligt o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.