O’zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o’zgartirishi mumkin.
Footmercato nashrining xabariga ko’ra, Shomurodovga Fransiyaning “Renn” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Klub sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hamyurtimiz borasida rimliklarga so’rov yuborgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Shomurodovga taklif yuborgani va futbolchimiz hozirda Istanbulda bo’lib turgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o’tgan mavsum “Roma” safida 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.