MLSning “Atlanta Yunayted” klubi hamyurtimiz Eldor Shomurodov transferi bo’yicha “Roma”ga birinchi rasmiy taklif yubordi.
Ma’lumotlarga ko’ra, taklif 5 million dollarni tashkil qiladi. Bu muzokaralarni boshlash uchun dastlabki taklif hisoblanadi.
Eslatib o’tamiz, Shomurodov “Roma” safida uch yildan beri to’p surib keladi. Biroq bu uch mavsumning ikkitasini “Spetsiya” va “Kalyari”da ijarada o’tkazdi.