11-dekabr kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kongressi bo’lib o’tdi va unda 2030 va 2034-yilgi Jahon chempionatlari o’tkaziladigan joylar rasman e’lon qilindi.
Unga ko’ra, 2030-yilgi mundialga Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonlik qiladi. Yana uchta o’yin Urugvay, Paragvay va Argentinada bo’lib o’tadi.
2034-yilgi Jahon chempionatiga esa Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Turnir mintaqaning iqlim sharoiti tufayli qishda o’tkaziladi.