Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Ansu Fati jamoasini tark etishi mumkin.
Sport.es xabariga ko’ra, “Barselona” haligacha Fati bilan maosh borasida kelisha olmayapti. Klub sport direktori futbolchining agentiga yangi klub izlashi kerakligini aytgan.
Eslatib o’tamiz, Fati o’tgan mavsumni “Brayton” safida ijarada o’tkazdi. Uning “Transfermarkt”dagi narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.