Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts faoliyatini ispan grandi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 21 yoshli germaniyalik futbolchiga “Real” qiziqish bildirmoqda. Madridliklar uni yozgi transferlar oynasida qo’lga kiritmoqchi.
Ma’lumot uchun, Florian Virtsning “Bayer” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.