Turinning “Yuventus” klubi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransisko Konseysaoni “Portu”dan ijaraga oldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar bir yilga mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Kelishuv 7 million yevroni tashkil qildi, shuningdek, “Portu” 3 million yevrogacha bonus ham olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Konseysao o’tgan mavsum klub safida jami 43 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.