Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti UEFA Superkubogi finali uchun Chempionlar ligasi finalida g’alaba qozongan tarkibdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
“Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Mbappeni asosiy tarkibga kiritmoqchi emas. Sababi, final muhim o’yin, shuning uchun ortiqcha tavakkal qilish shart emas deb hisoblaydi.
Yagona o’zgarishlar shundan iboratki, Kroos o’rniga Modrich, Nachoning o’rniga Militao maydonga tushishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, “Real” Superkubok bahsida Yevropa ligasi chempioni “Atalanta”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 14-avgust kuni bo’lib o’tadi.