«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidan oʻrin olgan «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Ushbu bahs ertaga, 17-fevraldan 18-fevralga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
«Shubhasiz, bu juda qiyin oʻyin boʻladi. Bu pley-off bosqichining faqatgina birinchi oʻyini. Men bunday qarama-qarshiliklarga oʻrganib qolganman, butun umrim davomida shunday oʻyinlarda qatnashganman.
Koʻpincha odamlar birinchi uchrashuvdayoq u yoki bu sabablarga koʻra maʼlum bir natijaga erishish kerak deb oʻylaydi. Men ularga hali yakuniy natija maʼlum emasligini aytgan boʻlardim.
Biz birinchi oʻyinni sovuqqonlik va ishonch bilan oʻtkazamiz. Chempionlar Ligasi «qirollari» bilan avval nima qilganimizni bilamiz… Ular hozir yaralangan. Yaralangan qirol esa juda xavflidir», — dedi Mourinyu.
Eslatib oʻtamiz, Chempionlar Ligasining umumiy bosqich soʻnggi turida «Benfika» darvozaboni Trubin uchrashuvning 90+8-daqiqasida standart vaziyatdan soʻng «Real» darvozasiga gol urgan edi (4:2). Ushbu gol portugallarga 24-o‘rin bilan pley-off hududiga kirishga yordam berdi.
