Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ukrainalik darvozabon “Qirollik klubi” rahbariyatiga talab qo’ygan. U Tibo Kurtua safga qaytganidan so’ng doimiy o’yin amaliyotiga ega bo’lishni istamoqda.
Agar “Real” rozi bo’lsa, Andrey 2029-yilgacha shartnoma imzolaydi. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi kelishuv 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lum qilinishicha, Lunin jamoani tark etsa, madridliklar uning o’rniga “Chelsi”da Kepa Arizabalagani olib keladi.