Fransiyaning PSJ klubi Villian Pacho transferini e’lon qildi.

22 yoshli ekvadorlik futbolchi Parij grandi bilan 2029-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan shartnoma imzoladi.
Parijliklar ushbu transfer uchun “Ayntraxt”ga 40+5 million yevro to’lab beradi.
Pacho PSJ tarixidagi birinchi ekvadorlik futbolchiga aylandi. Himoyachi yangi klubida 51-raqam ostida o’ynaydi.