Germaniya politsiyasi yo’l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan yashiringanlik yuzasidan tekshiruv boshladi. Bunga asosiy gumondor qilib “Bavariya” himoyachisi Matteys De Ligt ko’rsatilmoqda.
Bild nashrining xabariga ko’ra, 24 yoshli futbolchi Audi Q8 e-tron rusumli avtomobili bilan to’xtab turgan boshqa mashinani urib yuborgan, keyin esa voqea joyini tark etgan.
“Bavariya” va De Ligt hozircha bu holatga hech qanday izoh bermagan.
Agarda gollandiyalik himoyachi aybdor deb topilsa, uch yillik qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, De Ligt ikki mavsumdan beri myunxenliklar safida to’p surib kelmoqda.