“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson 22-mart kuni Florensiyada bo’lib o’tadigan hujumchi Juzeppe Rossining xayrlashuv o’yinida jamoani boshqaradi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
“Fergyuson mening birinchi ustozim edi. Men uning rahbarligida bir necha yil o’tkazdim. Faoliyatimni o’sha bosqichida MYU uchun ko’p ish qilmadim, ammo Fergyuson menga xuddi Ronaldudek munosabatda bo’ldi”, – deydi Rossi.
Ma’lumot uchun, Juzeppe Rossi 2004-yildan 2006-yilgacha “Manchester Yunayted” safida to’p surgan. Italiyalik hujumchi 2023-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.