UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ushbu sovrin uchun Martin Edegor (“Arsenal”), Alisson (“Liverpul”), Harri Keyn (“Bavariya”) va Rodrigo (“Real”) kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.