Fransiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
FootMercato xabariga ko’ra, “Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourino Matichni yana o’z jamoasiga olib kelmoqchi.
Avvalroq, Joze serbiyalik yarim himoyachi bilan “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Roma”da ham birga ishlagandi.
Ma’lumot uchun, Matich Mourino qo’l ostida 200 dan ortiq o’yin o’tkazgan. Uning “Lion” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.