Londonning “Chelsi” klubi markaziy hujumchisi Nikolas Jekson shartnomasini 2033-yilgacha uzaytirishga rozi bo’ldi. Bu haqda Devid Ornshteyn xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Chelsi” Jeksonni hujum chizig’ida asosiy figura sifatida ko’rmoqda.
Ma’lumot uchun, senegallik futbolchi o’tgan yozda “Vilyareal”dan “Chelsi”ga ko’chib o’tgandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 47 ta o’yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.