Argentinalik hujumchi Xulian Alvares faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Man. Siti” ushbu transferdan 75 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, qo’shimcha 20 million yevro bonus ham ko’zda tutilgan.
Alvares “matraschilar” bilan 2029-yilgacha mo’ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Alvares “shaharliklar” safiga 2022-yilda “River Pleyt” klubidan 14 million funt sterling evaziga kelib qo’shilgandi.
