Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiada o’yinlarida davom etmoqda.
Medallar jamg’arish bo’yicha mamlakatlar reytinggi ham yangilanib boryapti. 8-avgust kungi bahslardan so’ng O’zbekiston uchta oltin va ikkita bronza bilan 18-o’ringa ko’tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, bugun yana ikki nafar bokschimiz: Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev va Lazizbek Mullajonov Olimpiya o’yinlarining finalida ishtirok etadi. Shuningdek, Javrail Shapiyev va G’ulomjon Abdullayevlar bronza medallari uchun kurash olib boradi.