May oyida “Chelsi” bilan xayrlashishga qaror qilgan Maurisio Pochettino hozirda ishsiz yuribdi.
Matbuotda Pochettino Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga birinchi raqamli nomzod ekanligi haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.
Biroq, hozirda argentinalik mutaxassis oldida yangi variant paydo bo’ldi.
The Athletic nashrining xabariga ko’ra, Pochettino AQSh terma jamoasida ish boshlashi mumkin. Amerikaliklar allaqachon murabbiy vakillari bilan muzokaralarni boshlagan.
Ma’lumot uchun, AQSh terma jamoasi Kopa Amerikadan so’ng Gregg Berxalterni lavozimidan ozod qilgandi. Endilikda amerikaliklar terma jamoani 2026-yilda bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydigan murabbiy qidirmoqda.