Parij Olimpiadasining 13-kungi bellashuvlari davom ettirildi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev turnir doirasida yarim final bahsida ishtirok etdi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdullayev murosasiz kechgan kurashda amerikalik Spenser Liga imkoniyatni bor berdi.
Endi u ertaga kechki dasturda bronza medali uchun bellashadi.
Yana bir erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) ham ertaga shohsupaga ko’tarilish uchun kurashadi. Chorak finalda hamyurtimizni mag’lub etgan bolgariyalik Magomed Ramazanov final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Endi Shapiyev ertaga o’tish bosqichida gilamga chiqadi. Unda terma jamoamiz a’zosiga kanadalik Aleks Mur raqiblik qiladi.