Italiya A Seriyasining 28-turidan o’rin olgan bahsda “Roma” safarda “Empoli” mehmoni bo’ldi va minimal hisobda g’alaba qozondi – 1:0.
Uchrashuvdagi yagona gol 1-daqiqada Matias Soule tomonidan kiritildi va yagonaligini saqlab qoldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o’yinni asosiy tarkibda boshlab, 72 daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, rimliklar ushbu g’alabadan so’ng o’z ochkolari hisobini 46 taga yetkazib olib, turnir jadvalida 7-o’rinni egallab turibdi.