Taniqli agent Xosep Mariya Mingella “Barselona” bir paytlar Kilian Mbappeni sotib olishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Barselona” Mbappeni 140 million yevroga sotib olishi mumkin edi, ammo Dembele bilan shartnoma imzoladi. Agar siz xato qilsangiz, uni keyinroq anglab yetasiz.
O’sha paytdagi mutaxassislar Dembele “Barselona” tizimiga ko’proq mos kelishiga ishonishgan. Bu juda jiddiy xato edi. “Barselona” ko’p bor bunday xatolarga yo’l qo’ygan”, – deydi Mingella.
Eslatib o’tamiz, Mbappe shu yozda “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Fransiyalik forvard Madrid klubiga erkin agent sifatida kelib qo’shildi.