Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Arsenal” yarim himoyachisi Jorjinyoga shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda Tuttomercato nashri xabar bermoqda.
Italiya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum “kanonirlar” safida uchta o’yinning birontasida ham maydonga tushmadi.
Hozirda “Galatasaroy”da Jorjinyoning “Napoli”dagi sobiq jamoadoshlari Dris Mertens va Viktor Osimhen to’p surmoqda va ular yana birlashishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Jorjinyoning “Arsenal” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.