Londonning “Tottenxem” klubi ”Yuventus” bilan Federiko Kyeza transferi bo’yicha muzokaralarni boshladi.
Tuttosport nashrining xabariga ko’ra, inglizlar Kyeza uchun 30 million yevro taklif qilishga tayyor. Futbolchining o’zi ham ushbu transferga qarshi emas.
Qayd etilishicha, transferga “Tottenham” bosh murabbiyi Anj Postekoglu shaxsan qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis Federikoning ko’p qirraliligini va yakkakurashlardagi qobiliyatini qadrlashini aytib o’tdi.
Ma’lumot uchun, Kyeza o’tgan mavsum A Seriyada 35 ta o’yinda maydonga tushib, 9 gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.